Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANIDA AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH MAQSADIDA TIBBIYOT MUASSASALARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI.

×

 2023-09-20 17:05:37    261

PDF yuklash
Chop etish


Mahalliy matbuot vakillari, jurnalist va blogerlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida markaziy shifoxonada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

"Tashabbusli byudjet" loyihasi asosida ajartilgan 1.3 milliard so’m mablag’ evaziga 110 o’rinli tug’ruq kompleksida rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, kanalizatsiya va xavo aylanish tizimlari yangilandi.

Tug’ruq o’rinlari, ginekologiya, xomiladorlarni davolash hamda xasta chaqaloqlar bo’limlari binolarning ichki devorlari to’liq ta'mirdan chiqarilmoqda.

Terapiya bo’limidagi isitish tizimi tarmoqlari yangilanmoqda.

Mutaxassislar ishtirokida quruvchilar tomonidan bajarilgan ishlar ko’zdan kechirildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10 apreldagi tegishli qaroriga asosan ijtimoiy soha ob'ektlarining isitish tizimlari davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilinmoqda. Kuz-qish mavsumida isitish tizimini samarali ishlashi uchun 5 ta LOT asosida tender o’tkazilib, tadbirkorlar tomonidan Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 25 ta ob'ektda DXShlar tashkil etilgan.

Markaziy shifoxanada 20 KVli quyosh panneli o’rnatilib, yoritish tizimi to’liq muqobil energiyaga o’tkazilgan.

Muassasa elektr energiyasi uchun bir oyda 70 million so’m sarflaydi. Endigi xisob-kitoblar esa ana shu mablag’ni 50 foizga tejalishini ko’rsatmoqda. Tibbiyot birlashmasiga qarashli 9 ta birlamchi zvenolar bilan bo’lib, 44 KVli quyosh pannellari ishga tushirilgan.

Barcha turdagi kasalliklarni davolash ishlari shu yerning o’zida jamlangan. 367 o’rinli tibbiyot muassasasida terapiya, xirurgiya, tug’ruqxona, bolalar kasalliklari va yuqumli kasalliklar bo’limlarida 227 nafar Oliy ma'lumotli vrachlar faoliyat yuritadi. Yangi tashkil etilgan bolalar jonlantirish bo’limida malakali shifokorlar tomonidan davolash ishlari olib borilmoqda.

Bu yildan boshlab murakkam jarrohlik amaliyotlarini bajarish ham yo’lga qo’yildi.

Lekin mutaxassislar yetishmovchiligi bu yerni ham chetlab o’tmagan. Bolalar shifokori, neonatolog, akusher-ginekolog va oilaviy shifokorlar bo’yicha vakant o’rinlar mavjud.

Malakali tibbiyot xodimlari bilan ta'minlash maqsadida ma'muriyat tomonidan bugungi kunda 7 nafar mutaxassislar qayta tayyorlovga jalb qilingan.


https://t.me/oltiariqtumanihokimligi