Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ILG’OR PAXTAKORLAR MARRADA

×

 2023-09-16 15:03:00    326

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani 2-Sektoridagi "Yangiqo’rg’on ko’rki sahovati" fermer xo’jaligi dehqonlari yetishtirgan paxtadan yuqori hosil olib, shartnoma rejasini barvaqt uddaladilar.

Erkinjon Oripov rahbarligidagi xo’jalik a'zolarining mehnati o’z samarasini berdi. Hozirgacha 100 tonnaga yaqin sifatli sanoat xomashyosi yig’ib-terib olinib, reja 108 foiz bo’ldi. Hosildorlik hozircha 45 tsentnerni tashkil qilmoqda.

Yana birinchi terim paxtalar mavjud. Fermerning niyati - hosildorlikni 60 tsenterga yetkazish.

Tuman hokimi Sh.Turdaliyev hamda Sektor rahbari, prokuror R.Tillayevlar ilg’orlarni tabriklash uchun xo’jalik a'zolarining davrasida bo’ldilar.

Yoqutxon Odilova, Muborak Mamajonova, Muazzam Abdurahmonova, Barchinoy Nazirova, Gulbaxor Oripova singari xotin-qizlar bir kunda 170-180 kilogrammdan paxta terib, yaxshigina daromad qilishdi. Qolaversa, ularga tuman rahbarlari tomonidan qimmatbaho sovg’alar topshirildi.