Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARZ NIMA? KREDIT NIMA? QONUNDA QANDAY TA'RIF BERILGAN?
2023-09-12 18:13:52 393
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 732-moddasiga ko’ra, karz shartnomasi bo’yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo’la yoki bo’lib-bo’lib, o’shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Mazkur Kodeksning 744-moddasiga ko’ra, kredit shartnomasi bo’yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag’lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to’lash majburiyatini oladi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha
Qo’qon tumanlararo
sudining raisi
Akmal Razikov