Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XUQUQIY SAVOL-JAVOB
2023-09-12 18:08:30 328
Savol: Xususiy mulk huquqi haqida tushucha bersangiz?
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 65-moddasiga ko’ra, fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste'molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
O’zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta'minlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o’z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
Fuqarolik ishlari bo’yicha
Qo’qon tumanlararo
sudining raisi
Akmal Razikov