Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI - MUSHTARAK MAQSADIMIZ
2023-09-11 14:03:02 306
Oltiariq tumani qo’shni Qirg’iziston respublikasi bilan chegaradosh xududda joylashgan.
Sarhadlarimizni Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlariga qarashli xarbiy qism askar va zobitlari ishonchli ximoya qilmoqdalar.
Shu bilan birgalikda chegara oldi xududlarda joylashgan aholi punktlari hamda keng jamoatchilik o’rtasida profilaktik tadbirlar ham amalga oshirib kelinadi.
Tuman hokimligi tomonidan muntazam ravishda xarbiy qism qo’mondonligi bilan birgalikda hamkorlik yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Tumanda joylashgan 9229-xarbiy qism xizmatchilarining oila a'zolari, farzandlari ham xuddudlagi kichik xarbiy shaharchada istiqomat qilib, tuman hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan madaniy tadbirlarga doimiy jalb etilgan.
Bugun Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlariga qarashli xarbiy qism komandirining Oltiariq tuman hokimi Sh.Turdaliyev hamda chegara masalalari bo’yicha hokim maslahatchisi M.Fayziyevlarga "Davlat chegaralarini ishonchli ximoya qilishdagi hamkorlik va muxandislik-kommknikatsiya ishlarini tashkil etishdagi xissalari uchun "Tashakkurnoma"si topshirildi.
O’z navbatida tuman hokimi qo’mondonlikka minnatdorchilik bildirib, chegaralarimiz mustahkamligi, fuqarolarimiz osoyishtaligi yo’lidagi maqsadlarimiz mushtarak ekanligini ta'kidladi.