Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
31 AVGUST - QATAG’ON QURBONLARI KUNI
2023-08-30 20:02:49 535
Qatag’on qurbonlarini yod etish, ularning adabiy, ilmiy merosini yanada chuqur o’rganish va xotirasini abadiylashtirish ishlariga Prezidentimiz tashabbuslari bilan alohida e'tiborqaratilmoqda.
Yurtimiz ozodligi va fuqarolarimiz erkinligi yo’lida jasorat ko’rsatgan qatag’on qurbonlarining avlodlari bo’lgan oilalarga moddiy va ma'naviy yordamlar ko’rsatish maqsadida “Inson - aziz, xotira - muqaddas" degan g’oya asosida, "Mahalla" xayriya jamoat fondi Oltiariq tuman bo’linmasi vakili K.Abdusattorova, tuman Kengashi deputati D. Karimov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi bosh mutaxassisi D. G’oyibnazarova, O’zLiDeP tuman Kengashidan D. Mamatqulova va bir qator mahalla faollari bilan birgalikda Oltiariq tumani “Toshobod” MFY Toshobod ko’chasi № 86-uyda yashovchi fuqaro, qatag’on qurboni Isoqjon Mo’ydinovning (avlodi) farzandi Abdulla Mo’ydinovning xonadoniga tashrif buyurdilar.
Tashrif buyurganlar mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ko’rsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targ’ib etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbat qurdilar. “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo’linmisi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari bayram sovg’asi sifatida taqdim etildi.