Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MIKROKREDIT BANK OLTIARIQ XIZMATLAR MARKAZI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI
2023-08-29 18:07:04 280
Oltiariq tumanida bayram shodiyonalari davom etmoqda. Bugun markaz ko’chalaridan birida aholiga qulaylik yaratish maqsadida Mikrokredit bankining Oltiariq tumanidagi xizmatlar markazi ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman prokurori R.Tillayev, DSI boshlig’i I.Sultonovlar ishtirok etishdi. Tadbirda so’zga chiqqan tuman hokimi barcha yig’ilganlarni mustaqilligimizning 32 yilligi bilan samimiy tabriklab, yangi ochilayotgan bank faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Ramziy lenta kesilib, nuroniylar duoga qo’l ochib, oq fotiha berdilar.