Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH MUHIM MASALA
2023-08-29 18:05:02 226
Tuman hokimligi majlislar zalida jinoyatchilikni oldini olish hamda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash masalalari bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimi Sh.Turdaliyev, IIB boshlig’i M.Qunduzov, Qambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’i T.Boymatov, ichki ishlar bo’limi rahbar-xodimlari, 72 ta MFY raislari, profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi. Yig’ilishda tuman hokimi so’zga chiqib huqubuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda mahalla beshligi mas'uliyatini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, farzand tarbiyasida oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi mexanizmini jonlantirish masalalariga alohida e'tibor qartdi. Tuman IIB boshlig’i M.Qunduzov profilaktika inspektorlari oldida turgan vazifalar haqida so’zlab, tegishli mas'ullarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan topshiriqlar berdi. Yig’ilishda mahalla raislari va profilaktika inspektorlari mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar.