Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E'TIBORDA
2023-08-17 22:22:33 211
Joriy yilning 17 avgust kuni Oltiariq tuman hokimi, 1-sektor rahbari
Sh. Turdaliyev tomonidan Xalq qabulxonasida qabulxona mudiri J.Bozorov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo’yicha fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Mazkur qabulda jami 31 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqildi.
Qabul davomida tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, subsidiya, bandlik, sog’liqni saqlash, bola nafaqasi, gaz, elektr va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlar ro’yhatga olinib,
5 ta murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qolgan murojaatlarni o’z muddatlarida ijrosini ta'minlash bo’yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.