Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QARDOSHLIK RISHTALARI MUSTAHKAM

×

 2023-08-16 20:13:34    199

PDF yuklash
Chop etish


Qirg’iziston Respublikasining Batken viloyati Qadamjoy rayoni Qirg’iz kishtak avulida yangi bashchi (raisi) tayinlanganligi munosabat bilan qo’shnichilik aloqalarini mustahkamlash va mavjud suv muammolarni muhokama qilish uchun Oltiariq tumani hokimining chegara masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Fayziyev boshchiligidagi delegatsiya tashrifi uyushtirildi.

Do’stona muloqot davomida asosan irrigatsiya tizimi va suv ta'minoti masalalari muhokama etildi.

Qirg’iziston fuqorolari tomonidan o’zboshimchalik bilan kanalga turli to’siq va inshootlar qurib olish masalalari ko’rib chiqildi.

Chegara sim to’sig’ini Qirg’iziston respublikasi tomonida dehqonchilik qilayotgan fuqarolar tashlama ariqlar suvlari yuvib ketishi oqibatida qulab tushayotganligi, bu masalani hal etish bo’yicha fuqorolar o’rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish lozimligi ta'kidlandi.

va bu muammoni xal etish lozimligita'kidlandi. Qishloq rahbari ikki kun avval chegara sim to’siqlarini o’rnatish va chegara tortish ishlarini boshlash maqsadida mutaxassislar tomonidan o’lchash ishlari olib borilgani, xozirda chizmalar tayyorlanayotganini ta'kidladi.


Tez kunlarda o’zbekistanlik, yani chegara xududdagi fermer xo’jaliklari rahbarlarini Qirg’iziston Respublikasiga tashrifini uyushtirish va unda O’zbekiston tomoniga suv olib o’tuvchi ariqlarni kavlash, ta'mirlash hamda Qirg’iziston Respublikasi chegara sim to’sig’ini tortishidan oldin kerakli suv quvirlarini tortib olish ishlarini tashkil etish bo’yicha xukumat raisi bilan kelishib olindi.

Hamkorlik uchrashuvi chog’ida ko’p yillardan buyon Oltiariq tumani va Qirg’iziston Respublikasining qo’shni Qadamjoy rayoni o’rtasida do’stona aloqalarni mustahkamlash hamda irrigatsiya tizimlari faoliyatini ta'minlashdagi xizmatlari uchun So’x-Oqtepa irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi Bo’rbonliq suv taksimlash bo’limi boshlig’i Sharofiddin To’lanovga ovul raisi Shaylov Tursenov tomonidan "Do’stona yordamlari uchun" medal taqdim etildi.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.