Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMANIDA MAHALLALAR INFRATUZILMASINI YANADA YAXSHILASH BO’YICHA QANDAY ISHLAR QILINMOQDA?
2023-08-16 10:23:34 312
Oltiariq tumanida 72 ta MFYlar mavjud bo’lib, ularda jami 550 ga yaqin ko’chalar bor. Tuman aholisining soni 225 210 nafarga yetdi.
Aholi istiqomat qiluvchi xudud va ko’chalar infratuzilmasi hamda kommunal sohadagi mavjud muammolar “mahallabay” tizimi orqali xatlovdan o’tkazilib, tuman hokimligi tomonidan tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari Oltiariq tumani Xalq qabulxonasiga hamda Sektorlar rahbarlarining fuqarolar bilan o’tkazilayotgan muloqotlari davomida bildirilgan taklif va murojaatlar tahlil qilinib, xududlar obodonchiligi, ichki yo’llar, toza ichimlik suvi, elektr ta'minoti va boshqa masalalardagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari asosida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash uchun mablag’lar davlat byudjeti xisobidan shakllantirilishi belgilangan. Hamda “Tashabbusli byudjet” loyihalari orqali ham davlat mablag’lari aholi ishtirokida manzilli maqsadlarga sarf qilinmoqda.
Jumladan, Prezidentimizning 408-sonli qarori bilan 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga asosan amalga oshiriladigan ishlar uchun jami 54 ta ob'ektlarga yetarli mablag’ ajratildi. Ichki yo’llarni ta'mirlash bo’yicha 19 ta MFYlarda 90,8 km asfaltlashtirildi. Ichimlik va oqava suvi ta'minotini yaxshilash uchun 29 ta ob'ektlarda ishlar bajarilib, bugungi kunda ularning 26 tasi foydalanishga qabul qilindi. Elektr energiyasi ta'minoti bo’yicha 3-Sektor xududida Chordara MFYda temirbeton tayanchlar, transformator o’rnatish, elektr tarmog’i tortish ishlari bajarildi. Aholi va fermer xo’jaliklari yer maydonlari suv ta'minotini yaxshilash bo’yicha 4 ta ob'ektlarda 7,1 km tarmoq lotok yotqizish, 3 dona suv nasosi o’rnatish ishlari yakunlanib ish xajmi 81 foizga yetkazildi. MFY idorasini ta'mirlash bo’yicha 2-sektor hududi Toshkent mahalla fuqarolar yig’ini binosi yangitdan barpo etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 670-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturga asosan amalga oshiriladigan jami 34 ta ob'ektlarga mablag’ jalb etilgan.
Unga asosan ichki yo’llarni ta'mirlash bo’yicha 6 ta MFYdagi 16 km qismini shag’allashtirish hamda 5 ta MFYdagi 2,1 km qismini asfaltlashtirish ishlari bajarildi.
Ichimlik va oqava suv ta'minotini yaxshilash tumanda jami 4 ta ob'ekt bo’lib, shartnomaga asosan 3,6 km tarmoq tortish hamda 3 dona markaziy suv nasosi o’rnatish ishlari 4 mlrd. so’m mablag’ evaziga amalga oshirildi.
Elektr energiyasi ta'minoti bo’yicha 3 ta MFYda 3,1 km tarmoq tortish, 1 dona TP o’rnatish hamda 71 dona temirbeton ustunlarini o’rnatish ishlari amalga oshirildi.
Gaz ta'minoti bo’yicha Oltiariq tumangaz bo’limi tomonidan 31 ta fuqarolarga gaz balonlari yetkazib berildi.
Sog’liqni saqlash sohasi bo’yicha Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga 1 ta laparoskopik uskuna harid qilindi
Halq ma'limi ob'ektlari bo’yicha tumandagi 6, 15, 36, 32, 43-maktablarga hamda 3-IDUMga 14 dona isitish qozonxonalari o’rnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 49-sonli qarori bo’yicha tumanda 5 ta MFYlarda 3,6 km ichki yo’llarni ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
“MENING YO’LIM” loyihasi bo’yicha joriy yil Zarhal MFY g’olib deb topildi. Mahallaning 3,7 km ichki yo’llari asfaltlashtirildi.
2022 yil “Tashabbusli byudjet” jarayoning 1-bosqichi natijalarida 8 ta MFY loyihasi g’olib deb topildi.
Shundan, 1 ta MFYda 5,7 km ichki yo’llarni ta'mirlash, 2 ta MFYda 1200ta honadonni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash. 4 ta MFYdagi 4 ta maktablarni ta'mirlash, 1 ta MFYda elektr ta'minotini yashilash ishlari amalga oshirildi.
“Tashabbusli byudjet” jarayoning 2-bosqichi natijalarida 7 ta MFY loyihasi g’olib deb topilib, 6 ta MFYda 19,44 km ichki yo’llarni ta'mirlash. 1 ta MFYda sport kompleksi qurish ishlari bajarildi.
2023 yil “Tashabbusli byudjet” jarayoning 1-bosqichi natijalarida 17 ta MFY loyihasi g’olib deb topildi.
Shundan, 12 ta MFYda 32,4 km ichki yo’llarni asfalt'lash yakuniga yetdi.
4 ta MFYda 4 ta ijtimoiy soha ob'ektlarini ta'mirlash, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug’ruq majmuasini, 1-sonli shifoxona Reobilitatsiya bo’limini, 31-Iqtidorli davlat umumta'lim maktabini, 3-umumta'lim maktabini ta'mirlash borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavjud tuproqli yo’llarni shag’allashtirish bo’yicha 7 ta MFYda jami 9 km. xududga shag’al yotqizildi.
Oltiariq tumanida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda 4 ta MFY hududida ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash maqsadida 6 km. elektr tarmog’i tortish hamda 8 ta transformator o’rnatish, 118 ta temirbeton tayanchlar o’rnatish, 5ta suv qudug’i qazish, 5ta suv minorasi o’rnatish, 17 km tarmoq tortish, 11.5 km asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Oltiariq tuman hokimligi Axborot xizmati.