Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN AHOLISI VA KENG JAMOATCHILIKKA MUROJAAT
2023-08-16 10:12:37 401
Oltiariq tuman hokimligi, xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman faollarining ijtimoiy soha ob'ektlari, xo’jalik yurituvchi sub'ektlar, tuman aholisi va keng jamoatchilikka MUROJAATI
Aziz tumandoshlar!
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar zamirida birinchi navbatda aholi turmush farovonligini oshirish, xududlar infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda fuqarolar manfaatlarini ta'minlash maqsadi o’rin olgan.
Tumanimizda ham mahallalar, ko’chalar, ichki yo’llar asfaltlashtirilmoqda. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, elektr ta'minoti qurilmalari va tarmoqlarini yangilash, kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish borasida keng ko’lamli ishlar bajarilmoqda.
Bunga qo’shimcha ravishda "Tashabbusli byudjet" loyihasi orqali aholi talab va istaklaridan kelib chiqib mahallalarda obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu ishlarga Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat byudjeti mablag’lari yo’naltirilgan.
Qadrli yurtdoshlar!
Farovon turmushimiz uchun yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanish, yo’l va inshootlarni avaylab-asrash bilan yurtimiz obodligini ta'minlash va kelajak avlodga yetkazishga barchamiz birdek mas'ulmiz.
Yurtimiz obodonligi, ko’chalarimiz ko’rki, xonadonlarimiz fayzini oshirish, bu ishlarda keng jamoatchilik ishtirokini ta'minlash maqsadida joriy yilning 30 iyulidan 30 avgustigacha “Obodonlashtirish oyligi” tadbirlari o’tkazilmoqda.
Mahalla faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, serg’ayrat yoshlarimiz bir maqsad yo’lida birlashib, Qadrdon Oltiarig’imizni obod va ko’rkam qiyofaga keltirishga xissa qo’shaylik!
Korxona va tashkilotlar, ta'lim va tibbiyot muassasalari, tadbirkorlik sub'ektlarida, ziyoratgoh va qabristonlarda tashkil qilinayotgan ommaviy xasharlarda faollikni yanada oshiraylik!
Tuman markazi, mahallalar va aholi xonadonlarida tozalash va obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshiraylik. Xonadonlarimizda ayol va qizlarimizni, jamoat joylarida esa obodonlashtirish tashkiloti xodimlarining mehnatini qadrlaylik!
Yaqinlashib kelayotgan eng ulug’ bayramimiz - Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi shodiyonalarini obod va farovon yurtimizda musaffo qalb va ezgu maqsadlar bilan qarshi olaylik!