Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUAMMO YUZASIDAN CHORALAR BELGILANDI

×

 2023-08-15 18:13:26    199

PDF yuklash
Chop etish



Oltiariq tumani Navoiy MFY Navoiy ko’chasi 24-A uyning 25-xonadonida yashovchi fuqaro Akbaraliyev Abbosjon Odiljon o’g’lining Ijtimoiy tarmoq orqali o’zi yashab turgan Navoiy mahallasida ichimlik suvi iste'mol uchun yaroqsiz ekanligi haqidagi murojaati bo’yicha hokimlik axborot xizmati mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan muloqotda bo’ldi.

Mazkur masala "Farg’ona suv ta'minot" MChJ Oltiariq bo’lmi hamda tuman Sanitariya eklogik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi mutaxassislari tomonidan o’rganilib, tegishli xulosalar rasmiylashtirilgani ma'lum qilinadi.

Unda Navoiy mahallasi ichimlik suv tarmog’idan olingan namunalar bakteriologik labaratoriya tahliliga ko’ra orgonoleptik ko’rsatkichlari bilan sanitariya talablariga javob berishi, ammo umumiy qattiqligining yuqoriligi bilan O’z.DST talabiga javob bermasligi qayd etilgan. 

Mavjud suv qudug’iga quvvati ortiqroq bo’lgan boshqa suv nasosi tashlanganligi natijasida yer osti qudug’ining loyqalanganligi bu jarayon vaqtincha, elektr quvvati o’chib-yongan paytda sodir bo’layotgani ma'lum qilinadi.

Umumiy xulosa sifatida Navoiy MFY xududida ko’p qavatli turar joy binolarining qurilishi va iste'molchilar soni ortib borishini inobatga olib "Farg’ona suv ta'minot" MChJ Oltiariq tuman bo’limi tomonidan aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashning qo’shimcha choralarini ko’rishi ko’rsatib o’tilgan.

Murojaat yuzasidan ko’rilgan choralar fuqaro A.Akbarovga hamda ta'luqli tashkilotlarga yozma shaklda ma'lum qilinganligi aytiladi.


Oltiariq tuman hokimligi Axborot xizmati.