Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MEHNAT YARMARKASI
2023-08-11 20:17:20 226
Oltiariq tumani 1-Sektorida to’rtta Sektor rahbarlari, hokim yordamchilari, Oila va xotin-qizlar bo’limi, Yoshlar agentligi hamda Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limlari xamkorligida "Mehnat yarmarkasi" o’tkazildi.
Unda oliy va o’rta-maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilari, harbiy xizmatni tamomlaganlar, vaqtincha ish bilan band bo’lmaganlar, xotin-qizlar shu jumladan ayollar va yoshlar daftariga kiritilganlar qatnashdilar.
"Mehnat yarmarkasi"da 6 ta korxona va tashkilotlar 115 ta bo’sh ish o’rinlarini taklif qildi. 55 nafar ish izlovchilardan 16 nafariga shu kunning o’zida ishga joylashishlari uchun yo’llanma berildi. 39 nafar fuqarolarga Mehnat qonunchiligi bo’yicha xuquqiy maslahat berildi.