Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SENAT A'ZOSI BILAN MULOQOT
2023-08-10 09:53:27 212
Oltiariq tumanidagi mavjud MFYlar xotin-qizlar faollari, ko’chaboshilar va "Oqila ayol" xarakati vakillari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda Oliy Majlis Senati a'zosi Gulnora Marufova, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlonova hamda viloyat "Tadbirkor ayol" uyushmasi rahbari Dilorom Mehmonovalar qatnashdilar.
Dastlab Senat a'zosi G.Marufova "Xotin-qizlar va bolalar xuquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli ximoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi qonunning mazmun mohiyati yuzasidan ma'ruza qildi.
Bundan tashqari xotin-qizlar muammolari bilan ishlashda mas'ullar oldida turgan dolzarb vazifalar yuzassisdan muloqot o’tkazildi. Oilaviy ajrimlar, ayollarning ish bilan band qilish, jinoyatchilik, ayollarga taziyq va zo’ravonlikni oldini olish hamda murojaatlar bilan ishlash masalalarida zaruriy tavsiyalar berildi.