Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR O’ZLARI YASHAB TURGAN XUDUD OBODONCHILIGI UCHUN AVVALO O’ZLARI MAS'UL EKANLIKLARINI TO’G’RI ANGLAMOQDALAR.
2023-08-08 15:28:48 211
Davlatimiz Mustaqilligining 32 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko’rish ishlari har jabhada qizg’in tus olgan.
Atrof-muhit ozodaligi hamda ekologik muhit barqarorligini ta'minlash bilan xududlarimizda bayram kayfiyatini oshirish maqsadida "Obodonlashtirish oyligi" e'lon qilingan.
Jumladan Ko’lbo’yi, Zarxal, Mirfozil MFYlari xududidan "o’tgan o’ttiz metrli" deb ataluvchi aylanma yo’l yoqalarida ham tozalov ishlarini amalga oshirish zarur.
MFY faollarining tashabbuslari bilan ushbu ko’chada yashovchi aholi ishtirokida xashar uyushtirilmoqda. Fuqarolar o’zlari yashab turgan xudud obodonchiligi uchun avvalo o’zlari mas'ul ekanliklarini to’g’ri anglamoqdalar.