Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT
2023-08-07 15:44:23 208
Oltiariq tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, o’rta va kichik biznes sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
Tadbirkorlar muammolarini o’rganish va xal qilish bo’yicha viloyat ishchi guruhining "Sayyor qabuli" tarzida bo’lib o’tgan uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlarlik sub'ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha devoni vakili M.Po’latov, tuman hokimi Sh.Turdaliyev, viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i A.Yunusov, tuman hokimining birinchi o’rinbosari I.G’ofurov hamda soha bo’yicha o’rinbosar J.Yakubov, bo’lim va boshqarmalar, tijorat banklari, kommunal idoralar rahbarlari hamda ta'luqli tashkilotlar vakillari qatnashdi.
O’zaro muloqotda tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilayotgan muammo va ularning yechimi bo’yicha takliflar bo’yicha fikr almashildi.
Tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo’lgan muammolarga amaliy yechimlar belgilandi, mas'ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Bu borada shahar va tumanlarda tashkillanayotgan shu kabi sayyor qabullar yakunida ishlab chiqiladigan umumlashgan aniq takliflar Respublika ekspertlar guruhiga yo’naltirilishi qayd etib o’tildi.
Ta'kidlash joiz, tadbirkorlar, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan hamkorlikda tashkil etilgan Call-markazning 1094 qisqa raqamiga yoki @taklif2023bot ga murojaat qilib, o’z taklif va tashabbuslarini bildirishlari mumkin, operatorlar ⏱ 24/7 rejimida qo’ng’iroqlarni qabul qilishi belgilangan.