Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEMINAR-TREYNING

×

 2023-08-05 08:10:20    161

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida o’tkazilgan o’quv seminari xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini oshirishga qaratildi. “Xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish” mavzusida o’quv-seminari o’tkazildi.

Unda 72 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari ikki guruhga bo’lingan holda ishtirok etdi.

Xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini oshirishga qaratilgan seminarda O’zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi a'zolari qatnashib, fuqarolar bilan ishlash jarayonida e'tibor qaratish zarur bo’lgan masalalar yuzasidan ma'ruzalar qilishdi.

O’quv mashg’ulotlari davomida xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish, fuqarolar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish, notinch oilalar bilan ishlash, ruhiy tushkunlikka tushgan shaxslarga birinchi yordam ko’rsatish kabi maxsus ko’nikmalar berildi.

Seminar yakunida xotin-qizlar faollarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi. Uning barcha faol ishtirokchilariga esa maxsus sertifikatlar topshirildi.