Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"UZUM YETISHTIRISHDA OLTIARIQ TAJRIBASINI JORIY ETISH" BO’YICHA KO’RGAZMALI SEMINAR TASHKIL ETILDI.

×

 2023-07-30 11:22:08    175

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatlar hokimlari hamda ularning qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlar hokimlari, fermer va tadbirkorlardan iborat delegatsiya bugun erta tongdan Oltiariq tumanidagi "Xayrullo Baxrom Boymatov" fermer xo’jaligida mezbonlar tomonidan kutib olindilar.

Bu yerda Prezident maslahatchisi Sh. G’aniyev, qishloq xo’jaligi vaziri A.Voitov rahbarligida bir guruh bog’dorchilik va uzumchilik sohasi mutaxassislari hamda olimlar, xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mutaxasislar ishtirokida o’quv-seminari bo’lib o’tdi.

Mamlakatimizda tokzorlar tashkil etish va uzum yetishtirish borasida erishilgan natijalar hamda soha istiqboli haqida batafsil tushuntirish berildi.

Seminar ishiga rahbarlik qilayotgan Prezident maslahatchisi Sh.G’aniyev Oltiariq tumanida uzumchilikni rivojlantirish, dehqon va tadbirkorlarning orttirgan tajribasi hamda ichki va tashqi bozorda oltiariq uzumlari tumanning Brendi bo’lib e'tibor qozonishidagi omillar to’g’risida ma'lumot berdi.



Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati. 


 https://t.me/oltiariqtumanihokimligi