Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JINOYAICHILIKNI OLDINI OLISH MUMKIN
2023-07-17 22:50:48 223
Oltiariq tuman IIB boshlig’i Murodjon Qunduzov xududlarda sodir etilgan jinoyatchilik va qonunbuzarlik xolatlarini keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etib bormoqda.
Fayziobod mahalla fuqarolar yig’inida ham ana shunday muhokama yig’ilishi o’tkazildi. Mahalla fuqarolar, oqsaqollar xotin-qizlar va yoshlar qatnashgan mazkur muhokamada Fayziobod mahallasida qayd etilgan jinoyatchilik xolati ko’rib chiqildi.
Jamoatchilikning xuquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda "xavfsiz mahalla" tamoyili asosida amalga oshirishi lozim bo’lgan masalalar haqida fikr yuritildi.
Nuroniylar va faol yoshlarning bu boradagi mulohazalari o’rtoqlashildi.
IIBning mahallada faoliyat olib borayotgan vakillari va boshqa shu ishga mas'ul bo’lgan o’rtoqlarning vazifalari, o’zaro hamkorlik jihatlari to’g’risida gaplashib olindi.