Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
GULOBOD MAHALLASINING INFRATUZLMASI YANADA YAXSHILANDI
2023-07-14 19:17:29 182
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari" to’g’risidagi 408-sonli qarori asosida Oltiariq tumanidagi Gulobod MFY xududida amalga oshirilgan ishlar ham Press-tur ishtirokchilari e'tiborida bo’ldi.
Dasturga asosan ushbu mahalla fuqarolarini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida O’zbekiston Prezidentimizning 408-sonli qaroriga asosan 1 mlrd 549 mln.so’m pul mablag’lari evaziga 1 dona suv qudug’i qazish, 1 dona suv nasosi o’rnatish, 1 dona suv minorasi o’rnatish, 1 dona bakteritsid o’rnatish, 3,1 km tarmoq tortish va ximoya xududini o’rash ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari mazkur qaror asosida mahallaning 18,2 km ichki yo’llarida to’liq asfaltlashtirish ishlari yakunlandi.