Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHINING 58-SESSIYASI

×

 2023-07-14 19:06:04    186

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining

navbatdagi 58-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Unda tuman Kengashi raisi, hokim Shamsiddin Turdaliyev, tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman tashkilot va idoralari rahbarlari, Yoshlar agentligi va MFY lardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini Kengashi raisi, tuman hokimi Sh.Turdaliyev ochib, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.

Sessiyada 

1. “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da Oltiariq tumani hududiy dasturining joriy yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi to’g’risida

 tuman hokimining o’rinbosari A.Islomov,

     2. Oltiariq tumani sektor rahbarlari tomonidan 2023-yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida 1,2,3,4-sektor raxbarlari,

      3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining o’rinbosari A.Oripov,

           4. Oltiariq tumani Adliya bo’limining "Norma ijodkorligi hamda huquqni qo’llash amaliyoti holati bo’yicha" 2023-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida tuman Adliya bo’lim boshlig’i A.Yo’ldashev,

         5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri J.Bozorovning 2023-yilning ikkinchi choragi mobaynida sektorlar hamda tumandagi mahalliy ijro organlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti,

  6. Oltiariq tumani mahalliy byudjetining daromadlar rejasining 2023-yil ikkinchi chorak yakuni bilan ijrosi to’g’risida tuman Iqtisodiyot va Moliya bo’limi boshlig’i A.Raximjonov,

 7. Oltiariq tumanida kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish maqsadida 2023-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida tumani kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’i T.Boymatov,

8. Yoshlar ishlari agentligi Oltiariq tuman bo’limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 2023-yilning o’tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida tumani Yoshlar ishlari agentligi boshlig’i A.Keldiboyevlar xisoboti,

9. Farg’ona tumanlararo ma'muriy sudi, Jinoyat ishlari bo’yicha Oltiariq sudi hamda Fuqarolik ishlari bo’yicha Rishton tumanlararo sudlari tomonidan   2023-yil birinchi va ikkinchi chorak mobaynida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati to’g’risidagi xisobotlari eshitildi.

Ko’rilgan masalalar yuzasidan muzokaralar bo’lib o’tdi.

Sessiya kun tartibidagi va boshqa dolzarb masalalar tanqidiy ko’rib chiqilib, tegishliligi bo’yicha mas'ul davlat tashkilotlari raxbarlariga vazifa va topshiriqlar berildi.