Шрифт ўлчами Ранг Расм

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 8 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

“SOLIQCHI - KO‘MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN OLTIARIQ TUMAN SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING HISOBOTI

×

 2023-07-07 17:43:41    136

PDF юклаш
Чоп этиш


2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq toʻlovchilarning barcha toifalari uchun 4% miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda birxillashtirildi.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

Shuni taʼkidlash joizki, mazkur tartib boʻyicha soliq toʻlash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

- soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

- bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi;

- tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

Ta’kidlash joiz, ayni paytda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Binobarin, Yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, doimiy ish bilan hamda munosib daromad olishini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qoplab berilishi belgilandi.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

Albatta, qiyinchiliklarga uchragan tadbirkorlarga soliq xizmati organlari “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradilar.

Ta’kidlash joiz, ayni kunlarda Oltiariq tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2023-yil may oyi davomida Oltiariq tuman soliq inspeksiyasi tomonidan 36 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 24 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.


Inspeksiya boshlig‘i                                               

I.Sultonov