Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BIR TADBIRKOR YUZLAB AYOLLARGA MADADKOR
2023-07-04 17:55:58 209
Oltiariq tuman "Xunarmandlar markazi"da faoliyat yuritayotgan tikuvchilik-trikotaj tsexida xozirgi kunda 100 nafardan ziyod xotin-qizlar hamda yoshlar doimiy ish bilan band qilingan. Aksariyat Chinortagi mahallasida yashovchi ayollar juda qisqa vaqt ichida o’z maxoratlarini oshirib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqara boshladilar. Markazda tashkil etilgan o’quv kurslarida tajribali ustozlar tomonidan yoshlarni qayta kasbga o’rgatish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’zining samarasini bermoqda.
Tadbirkor va moxir chevar Sanobarxon xoji onaning shogirdlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bolalar va kattalar kiyimlari nafaqat ichki bozorlarda balki, Rossiya va Eron davlatlarida ham allaqachon o’z xaridorlarini topgan. Mahalliy paxta xomashyolaridan tayyorlanayotgan turli mahsulotlarga tobora talab ortib borayotganligini e'tiborga olib, korxona o’z faoliyatini yanada kengaytirmoqda.
Chinortagi MFY hokim yordamchisi hamda tuman kambag’allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni asosida imtiyozli kredit mablag’lari ajratilishi uchun loyiha va takliflar o’rganib chiqilmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish bilan qo’shimcha 70 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Birgina tadbirkor bir necha yuzlab aholini ish bilan ta'minlayotganidan ibrat olsa arziydi.