Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR - VATAN TAYANCHI

×

 2023-06-24 11:58:52    154

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilda umumta'lim maktablarini tamomlayotgan oltiariqlik 35 nafar a'lochi va faol yoshlarga oliy harbiy bilim yurtlarigao’qishga kirishlari uchun besh foizli imtiyozlar berildi.

Tuman Markaziy Madaniyat saroyida "Yoshlar oyligi" doirasida tashkil etilgan "Hokim va yoshlar uchrashuvi" tadbirida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan joriy qilingan imtiyozli sertifikatlar topshirildi.

Oltiariq tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman prokurori R.Tillayev hamda tuman Mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i, podpolkovnik D.Mirzaahmedovlar bitiruvchilarni tabriklab, o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erishishlarida muvaffaqiyat tiladilar.

"Vatan tayanchi " bolalar va o’smirlar xarbiy vatanparvarlik xarakati tomonidan beriladigan mazkur imtiyozga o’quv yili davomida tanlab olingan a'lochi va faol o’quvchilar ega bo’lishi mumkin.