Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BESHOG’AYNI XASHARDA

×

 2023-06-21 09:30:42    142

PDF yuklash
Chop etish


Yaqinlashayotgan Iyd-Qurbon xayiti arafasida Oltiariq tumani markazidagi "Beshog’ayni" mahallasi aholisi har yilgi an'analariga muvofiq xashar uyushtirdilar.

"Matqosimqori" qabristonida mahalla faollari tashabbusi bilan kattalar va yoshlar jamlanib, avvalo qur'on tilovat qilindi. Keksalarning duosi hamda yoshlarning g’ayrati bilan qabristonda tozalov va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. YEr maydonlari va daraxtlarga ishlov berildi.

Ota-bobolarimizdan meros bo’lgan urf-odatlar qatorida xasharning ahamiyati katta. Unda odamlar orasida birdamlik va mehr-muruvvatni mustahkamlovchi hamda yoshlarni xalollik va mehnatsevarlikka undovchi xislatlar shakllanadi. Tug’ishgan og’a-inilardek ahil va inoq bo’lgan beshog’ayniliklar ana shunday ezgu ishlarda doimo faol bo’ladilar.