Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI VA OVOZ BERISH TARTIBI

×

 2023-06-19 16:49:33    160

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga ma’lumki O 'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydangi PF-68-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 9-iyul kuniga muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ulaming konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - oktyabr oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi. Bundan, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov o'tkazish hollari mustasno va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli ekanligi belgilab qo’yilgan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita-saylovgacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bo'lishi mumkin emas. .

O’zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksining 52-moddasiga asosan ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatadi hamda saylovchilar ro’yxatiga imzo qo’yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni berilishi hamda ushbu Kodeksning 54-moddasi ko’ra saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar ro’yxatidagi ma’lumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qo’ydirib topshiradi deb belgilab qo'yilgan.

Shunday ekan barcha saylovda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni saylash uchun saylov uchastkalariga o'zlari bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kelishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bundan tashqari, ayrim saylovchilar sog’lig’ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko’ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.

Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko’chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir bo‘lishi mumkin.

A.Shikirov.

Oltiariq tumani adliya bo’limi YUXKM bosh yuriskonsulti