Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA MATBUOT ANJUMANI

×

 2023-06-18 01:28:57    248

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda tibbiyot muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Unda tuman hokimligi axborot xizmati, xalq deputatlari tuman Kengashi xuzuridagi sog’liqni saqlash tizimi bo’yicha komissiya raisi, tuman nogironlar jamiyati rahbari, Yoshlar ishlari agentligi hamda tumandagi jamoat va nodavlat tashkilotlar matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.


Matbuot anjumani qatnashchilari ikki guruhga bo’linib, soha mutaxassislari ishtirokida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Markaziy shifoxonadagi tug’uriq bo’limi hamda bolalar jonlantirish bo’limida, Poloson qishlog’ida jaylashgan 89-Oilaviy poliklinika va Tinchlik shaharchasidagi 99-Oilaviy poliklinikalarda tashkil etilgan shart-sharoitlar, zamonaviy tibbiy texnik vositalardan foydalanishdagi natijalar bilan tanishdilar. Shifokorlar, tibbiyot xodimlari va davolanuvchi fuqarolar bilan suhbatlar o’tkazildi.

Tibbiyot birlashmasi rahbari hamda o’rinbosarlari, mas'ul mutaxassislar bilan birgalikda matbuot anjumani ishtirokchilarining davra suhbati o’tkazildi. Jurnalist va blogerlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytarildi. Taklif va mulohazalar o’rtoqlashildi.


Prezidentimizning Farg’ona viloyatiga tashrifida Oltiariq tumani tibbiyot tizimini “Namunali tibbiyot maskani”ga aylantirish bo’yicha bergan tavsiyalari asosida moddiy texnika bazasini mustaxkamlash maqsadida 24.5 mlyard so’m mablag’ ajratilib, shundan ta'mirlashga 9.5 mlyard, tibbiy jixozlar uchun 15 mlyard so’m sarflandi.

Tumandagi 8 ta oilaviy poliklinikalar, 6 ta oilaviy shifokorlik punktlari zavomonaviy qilib ta'mirdan chiqarildi. Zamonaviy tibbiy jixozlar keltirildi.

Birlamchi davolash proflikatika muassasalarida oilaviy shifokorlarni barchasiga 64 ta kompyuter jamlanmasi, davolash profilaktika muassasalariga 19 ta televizor, 264 nafar patronaj xamshiralarga 264 ta planshet, va 56 ta printer berildi.

O’zbekiston Respublikasida “Elektron poliklinika” tizimi faqat Oltiariq tumanida tashkil kilindi. Uning eng qulay tomonlari ortiqcha kog’ozvozlikga chek qo’yildi.

Xozirda xar bir poliklinikada labaratoriya, EKG, UTT apparatlari xam elektron tizimiga ulandi. Xar bemorni taxlil natijalari va tekshiruv xulosalari mutaxssis kompyuterida ko’rinib turadi.

Markaziy shifoxona labaratoriyasiga 11 mln.lik Xitoy davlatidan keltirilgan FINIKARE apparati 2dona olindi.

Birlamchi tizimdagi barcha davolash profilaktika muasssalariga 12 ta EKG, 68 ta glyukometr, 61 ta otoskop,2 ta avtoklov, 5 ta quritish shkafi,2 ta mikroskop,4 ta bioximik analizator,4 ta distilyator,9 ta zamonaviy UTT apparatlari keltirildi.

Har bir tibbiyot muassasalariga optik tolali internet tarmog’i bilan ta'minlanib, to’liq elektron tizimga o’ktazilish ishlari yakunlandi.


Muassasada 2023 yil qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Muqobil energiya bilan ta'minlash bo’yicha dastur asosida 7 ta birlashmchi tarmoqda quyosh panellari o’rnatildi va yana 2 ta ana shunday panellar o’rnatiladi. 7 ta gaz muammosi bo’lgan ob'ektlar ko’mir ta'minotiga o’tkazilgan.

Tug’ruq kompleksida hamda bolalar bo’imida ta'mirlash ishlari bo’yicha "Tashabbusli byudjet" loyihasi asosida 1.200 million so’m mablag’ ajratilgan.