Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI OSHIRISH DAVR TALABI

×

 2023-06-14 15:56:46    157

PDF yuklash
Chop etish


Huquq va davlat uzviy bir-biriga bog’liq narsa, har ikkisi ham fuqaro uchun hizmat qilishi lozim.

Frensis Bekon.

 

Bugungi O’zbekistonning strategik maqsadi qilib qo’yilgan har tomonlama rivojlangan, erkin va farovon, qonun ustuvor bo’lgan, zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga qo’shilish uchun mamlakatimizda barcha sohalarda misli ko’rilmagan darajada islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, milliy huquq tizimida so’nggi yillarda ko’lami va mohiyati nuqtai nazaridan islohotlarning yangi davri boshlandi. Inson huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini amalda ta'minlashga nisbatan munosabatni tubdan o’zgartirish tizimdagi islohotlarning bosh g’oyasiga aylandi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

So’nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to’sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmadi.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko’rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg’otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta'sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko’rsatadi.

Yuqoridagi muammolarni kompleks bartaraf etish maqsadada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida” gi PF-5618-sonli farmoni qabul qilinib, unga ko’ra «Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati» degan kontseptual g’oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.

Mazkur farmonga ko’ra, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni saqlash g’oyalarini keng targ’ib qilish, yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o’rgatish, aholi o’rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo’yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o’rgatish bilan uyg’un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish, davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ’ibotni amalga oshirish borasidagi o’zaro hamkorligini mustahkamlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik printsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo’lga qo’yish, shuningdek ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta'minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ’ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo’llashni kengaytirish kabi bir qator vazifala belgilandi. Qisqa aytganda, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish «shaxs — oila — mahalla — ta'lim muassasasi — tashkilot — jamiyat» printsipi bo’yicha tizimli va uzviy tashkil etish bo’yicha kontseptsiya ishlab chiqildi.

Yuqorida belgilangan islohotlarning uzviy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-4551sonli qarori qabul qilinib, mazkur qarorga asosan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarish, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaxslarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini shakllantirish, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obro’sini oshirish va chinakam mustaqilligini ta'minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xalq manfaati yo’lida xizmat qiladigan idoralarga aylantirish kabi vazifalar belgilandi.

 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o’ninchi bobi inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlariga bag’ishlangan bo’lib, 54-moddada davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlashi, 55-moddada esa har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi belgilab berilgan. Demakki, har bir fuqaro, har bir inson o’z haq-huquqini yaxshi bilishi va uni himoya qila olishi zarur. Bunda davlatning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqiy madaniyati, huquqiy ongi, huquqiy bilimlarini rivojlantirishlari uchun shartsharoitlar yaratishdir. 

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz tomonidan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlarning pirovad maqsadi yuqorida aytilganidek, fuqarolarning huquqiy madaniyati, huquqiy ongi, huquqiy bilimlarini rivojlantirishlari uchun shartsharoitlar yaratishdir. Fuqarolar esa bunga javob sifatida o’zlarining yuksak huquqiy madaniyatlari bilan O’zbekiston har taraflama rivojlanishiga va dunyoning huquq bo’yicha reyting ko’rsatkichlarida yuqori o’rinlarda yurishiga munosib hissa qo’shishi lozim.

Oltiariq tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti O.A.Abduqaxxorov