Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLINI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASH VA TURMUSH TARZINI YAXSHILASHGA KO’MAKLASHISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2023-06-09 19:43:48 202
Oltiariq tumanida ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolarga yordam ko’rsatish, ishsizlikni kamaytirish bilan kambag’allikni qisqartirish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarning turmush sharoitini yaxshilash, doimiy daromad manbaiga ega bo’lishlariga ko’maklashish maqsadida ajratilgan subsidiyalar xisobidan zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.
"Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning 140 nafariga zamonaviy tikuv mashinalari, 6 nafariga motokultivatorlar topshirildi.
Bundan tashqari viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ajratilgan 15 ta nogironlik aravachasi hamda 10 ta eshitish apparatlari ehtiyoji bo’lgan fuqarolarga xadya qilindi.
Tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, hokim yordamchilari hamda viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi rahbari A.Abdullayev bilan respublika ishchi guruhi vakili ishtirokida hokim yordamchilari tomonidan hududlarda ehtiyojmand, bandligi ta'minlanmagan, nogironligi bor, kam ta'minlangan, farzandlarini to’liqsiz oilada tarbiyalayotgan xotin-qizlar muammolarini o’rganish va hal etish jarayonlari haqida so’z bordi.
Hokim yordamchilariga mahallalarda kooperatsiya usulida yangi ish o’rinlari yaratish orqali xotin-qizlarning bandligini ta'minlash choralarini ko’rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Oltiariq tuman xokimligi axborot xizmati.