Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"TASHABBUSLI BYUDJET" G’OLIBLARINING KO’CHALARI OBOD BO’LMOQDA

×

 2023-06-09 18:21:37    130

PDF yuklash
Chop etish



Oltiariq tumani Ko’mirchi mahalla fuqarolar yig’inida keyingi yillarda obodonchilik ishlarining ko’lami kengaydi.

MFY raisi hamda mahalla faollarining tashabbusi bilan ichki yo’llarni asfaltlashtirish, xududning infraturzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha yaxshi natijalarga erishilyapti.

"Tashabbusli byudjet" loyihasiga kiritilgan takliflari butun mahalla ahli tomonidan qo’llab-quvvatlanib, ovoz yig’ish jarayonida hamma birdek ishtirok etdi. Tanlovda g’olib bo’lgan MFYning Istiqlol, Adolat, Jannatariq va Ko’mirchi ko’chalarida uch kilometrga yaqin yo’llar asfaltlashtirilmoqda.

250 tadan ortiq aholi xonadonlari joylashgan bu ko’chalar ko’rkam va qulay sharoitga keltirilmoqda.

- Shu bilan mahallamizda deyarli asfoltlashmagan ko’chalar qolmaydi. Ayrim oraliq va tor ko’chalarimizga hama "Mening yo’lim" loyihasida ajratilgan mablag’lar evaziga asfalt qilinishi rejalashtirilgan,-deydi Ko’mirchi MFY raisi Salimjon Shukurov.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.