Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"OILAVIY MUNOSABATLARDA DINIY QADRIYATLARNING ÒRNI" MAVZUSIDA MADANIY-MA'RIFIY TADBIR

×

 2023-06-05 09:01:12    197

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tuman "Ziyrak momo" ziyoratgohida Bòston mahalla fuqarolar yiģini tomonidan "Oilaviy munosabatlarda diniy qadriyatlarning òrni" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bòlib òtdi.

  Tadbirda tuman oila va xotin qizlar bòlimi boshliģi H. Atajanova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bòlinmasi bosh mutaxassisi D. G'oyibnazarova, Bòston MFY vakillari, rasmiy otinoyilari, shuningdek mahallaning ibratli va namunali oila onaxonari ishtirok etdilar. 

  Tadbirda sòzga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda amalga oshlhirilayotgan islohotlar zamirida oilaviy qadriyatlarning uluģvorligi, oila - jamiyatning muhim bir bògini bòlib, oilalarda kamol topayotgan yoshlarning tarbiyasida onalarning òrni beqiyos ekanligi, jumladan, ota-onaga hurmat, oilaning muqaddasligi - diniy va ma'naviy qadriyatlarimizda òz aksini topganligi ta'kidlab òtildi.

  Tadbirda onaxonlar tomonidan chiroyli tilaklar aytildi, she'rlar òqildi. 

 Hushovoz xonanda Ravshanbek Hojibolayayevning qòshiqlari barchani raqsga chorladi.