Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’RIQLASH XIZMATIDA "BESH MUHIM TASHABBUS"
2023-06-02 18:24:04 278
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ilgari surilgan "Besh muhim tashabbus" doirasida Farg’ona viloyat Qo’riqlash boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan reja taqsimotga asosan Oltiariq tuman bo’limi xodimlari tomonidan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi "Besh muhim tashabbus" tadbirlari o’quvchi yoshlar ishtirokida bo’lib o’tdi.
Unda yoshlarni xuquqiy va ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, turli yod g’oyalarga qarshi immunitetini mustahkamlash hamda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish borasidagi mashg’ulotlar o’tkazildi.
Qo’riqlash xizmati mutaxassis-xodimlari tomonidan yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha, ta'lim muassasalari hamda mahalla fuqarolar yig’inlari bilan hamkorlik ishlari samarali olib borilmoqda.