Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI O’ZBEKISTON -VAKILLIK ORGANLARINING RIVOJLANISHIDA YANGI BOSQICH
2023-05-27 13:28:43 237
Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risidagi 2023 yil 8 may kungi 67-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish maqsadida "Yangi O’zbekiston -vakillik organlarining rivojlanishida yangi bosqich" mavzusida parlament konferentsiyasi o’tkazildi.
Konferentsiya yig’ilishida Oliy Majlis Senati a'zolari, Qonunchilik Palatasi deputatlari, siyosiy partiya fraktsiya rahbarlari va jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Oltiariq tuman studyasidan Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari va Doimiy komissiya raislari ishtirok etishdi.
Konferentsiyada parlamentning mamlakat hayotidagi roli hozirda qanchalik muhim ekanligi, O’zbekistonni rivojlantirishning yangi siyosiy yo’lidagi muhim ustuvorliklar hamda vazifalar haqida fikr almashinildi.