Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OCHIQ MULOQOTGA MARHAMAT!
2023-05-23 19:20:48 202
Xalq deputatlari Oltiarik tuman kengashi deputatlari, jamoat birlashmalari vakillari, manfaatdor tashkilotlar hamda Oltiarik tumani fuqarolari diqqatiga!!!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli Byudjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlari rejasi”ga muvofiq joriy yilning 25 may kuni soat 14:00 da Oltiarik tumani xokimligi binosida fuqarolardan tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar yig’ish va ularni muhokama qilish yuzasidan ochiq muloqot tashkil etilmoqda.
Ushbu ochiq muloqotda:
“Ochiq byudjet” portali texnik imkoniyatini kengaytirish;
Ovoz berish mexanizmini takomillashtirish;
G’oliblarni aniqlash mexanizmini takomillashtirish;
Loyixalarni ilgari surish me'zonlari;
Tashabbusli byudjet jarayonlarni o’tkazish muddatlari bo’yicha loyixalar maksimal qiymatini belgilash va boshqa masalalar bo’yicha takliflar qabul qilinadi.
Ochiq muloqotga barchangizni taklif qilib qolamiz!!!