Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GULOBOD GULDEK OBOD BO’LMOQDA

×

 2023-05-17 19:10:36    179

PDF yuklash
Chop etish




Oltiariq tumani 3-sektordagi Gulobod mahalla fuqarolar yig’inida paydo bo’lganidan buyon asfalt ko’rmagan ko’chalar ko’p edi. Qishda rutubatli, yozda chang-to’zon bo’lib, kishi kayfiyatini xufton qilardi. Ushbu muammolar bo’yicha aholining murojaatlarini ko’rib chiqish, ko’chalarga asfalt yotqizish uchun esa mablag’ ajratish imkoni bo’lmagan. 

Hokimiyat va sektor rahbarlari tomonidan "Mahallabay" o’rganishlar davomida ishlab chiqilgan loyihalar natijasida ko’p yillik muammolar yechim topmoqda.

Prezidentimizning mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan PQ-408-sonli qaroriga asosan Guloboddagi 18 kilometrdan ortiq ichki yo’llarni asfaltlashtirish uchun davlat byudjetidan yetarli mablag’ ajratildi.

Keksa yoshli odamlarning ta'biri bilan aytganda, bitta mahallada bunchalik katta xajmdagi ishlar ilgari hech bo’lmagan. Xatto tor ko’chalar, oraliq yo’llar ham asfalt qilinyapti. Katayu-kichik birdek mamnun.

Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati