Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MEHNAT YARMARKASI
2023-05-13 11:35:52 195
Tuman 2-sektor xududida hokim yordamchilari, tuman oila va xotin-qizlar bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi hamkorligida mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Unda tumandagi 10 ta korxona va tashkilotlar o’zlarida mavjud 85 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi. Yarmarka odamlar bilan gavjum o’tdi. Kun yakuni natijalariga ko’ra 16 nafar ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida ishga joylashishlari uchun yo’llanmalar berildi. Fuqaro M.Abduraxmonovaga esa xunar o’rganishi uchun bepul qisqa muddatlaki o’qishga yo’llanma berildi.