Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEKTOR RAHBARLARI FUQAROLARINING QABULI
2023-05-12 22:45:41 232
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bugun barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasiga aylangan. Zero, har bir murojaat ortida inson huquqi, uning manfaatlari yotadi.
Bugun Oltiariq tumani G’ayrat mahalla fuqarolar yig’ini binosida tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari M.A.Qunduzov qabul o’tkazdi.
Fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko’rib chiqilib, mutasaddi tashkilot va masullar bilan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Moddiy yordam ajratish, fuqarolar tomonidan buzilgan xuquqlarini tiklash, o’zlari istiqomat qilayotgan ko’chaga internet tarmog’i tortish va shu kabi boshqa murojaatlar o’z joyida xal etildi va o’rganish uchun muddat talab qilgan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga yuborildi. Ijrosi yuzasidan nazorat o’rnatildi.