Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

85 NAFAR ISHSIZ AYOLLAR KASBGA O’QITILDI

×

 2023-05-12 20:14:41    222

PDF yuklash
Chop etish


 Oltiariq tumanida ayollar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo’naltirish hamda huquqiy va psixologik yordam berish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Farg’ona viloyati “Mehrijon” ayollar va bolalar markazi, tuman hokimligi hamda Farg’ona davlat universiteti xuzuridagi Oltiariq Sanoa't texnikumi hamkorligida ishsiz va Ayollar daftari ro’yhatiga kiritilgan xotin-qizlar qisqa muddatli kasb-xunar kurslarida o’qitildi. Ularga quyonchilik, gulchilik, meva-sabzavotlarni quritish va qadoqlash, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, kompyuter savodxonligi, savat to’qish kabi o’quv kurslarida tajribali mutahassislar ta'lim berdilar. Shuningdek, o’quv kursi mobaynida xotin-qizlarga o’z biznesini yo’lga qo’yish yuzasidan mahorat darslari o’tilib, ularning huquqiy savodxonligi ham oshirildi. Bugun 1 oy mobaynida o’qitilgan ayollarning egallagan kasb-xunarlari va olgan bilimlari sinovdan o’tkazildi. Ayollar tomonidan qo’l mehnati bilan yasalgan ko’rgazma tashkil qilindi. Mazkur o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 85 nafar ayollarga sertifikatlar topshirildi. Endi ushbu ayollar xunar egasi sifatida o’zlarini bandligini ta'minlaydigan bo’ldilar.

https://t.me/oltiariqtumanihokimligi