Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TA'LIM VA TARBIYA MAS'ULIYATI
2023-05-06 21:03:15 215
Oltiariq tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i M.Qunduzov rahbarligida xududlarda voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlar tahliliy muhokamasiga bag’ishlangan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
34-Iqtidorli bolalar maktabining yuqori sinf o’quvchilari va ota-onalar kengashi a'zolari ishtirokida navbatdagi muloqot o’tkazildi.
Unda ta'lim muassasalarida xuquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlardan ko’zlangan maqsad va uning ahamiyati haqida fikr yuritildi.Ta'lim bilan tarbiya uzviy olib borilganda ijobiy natija berishligi ta'kidlandi.
Yoshlarning shaxs bo’lib kamol topishi uchun avvalo mas'uliyatli bo’lishlari, jamiyat va davlat taqdiriga dahldorlikni xis etishlari muhimligi tushuntirildi.