Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR O’RTASIDA JINOYATCHILIK BO’LMASLIGI KERAK

×

 2023-05-05 20:18:19    238

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani 3-umumta'lim maktabida tuman IIB boshlig’i M.Qunduzov rahbarligida voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyatchiliklarning muhokamasiga bag’ishlangan muloqot o’tkazildi.

Unda IIB mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, bu borada tuman hokimligi, Sektorlar rahbarlari hamda ta'lim muassasalari oldida turgan vazifalar haqida tushuntirish berdi.

Voyaga yetmaganlar va yoshlar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar va ularning keltirib chiqargan omillar yuzasidan tahliliy ma'lumotlar berildi.

Xududlarni jinoyatchilikdan xoli maskanga aylantirish ayniqsa, o’quvchi-yoshlar o’rtasida xuquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishda hamma birdek xarakat qilishi lozimligini ta'kidladi.

Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, fan va sport to’garaklarini samarali yo’lga qo’yish, faol yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ishlariga jamoatchilikni jalb etish ko’zlangan natija beradi.

Muloqot davomida o’qituvchi va o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

O’qish va jamoat ishlarida namuna ko’rsatgan yoshlarga tuman IIB boshlig’i minnatdorchilik bildirdi.

- Yoshlar jinoyat ko’chasiga yo’lamasligi kerak. Har bir ota-ona qolaversa, vatanimizning bugungi yoshlardan umidi katta, - dedi, Murodjon Qunduzov.