Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NURONIYLAR ISHTIROKIDA SEMINAR
2023-05-04 16:46:16 283
So’nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlod vakillarini qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Oltiariq tumanidagi MFY raislarining o’rinbosarlari–keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha maslahatchilari ishtirokida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda “Nuroniy” jamg’armasi Farg’ona viloyat bo’limi raisi, viloyat xokimining maslahatchisi Z.Raxmonov, viloyat “Nuroniy” jamg’armasi mutaxassisi Yo.Tillaboyev, “Nuroniy” jamg’armasi Oltiariq tuman bo’limi raisi, tuman xokimining maslahatchisi K.Parmonovlar ishtirok etishdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 mart kungi “Keksa avlod vakillarining xar tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy folligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-92-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Mahalalarda «Bir nuroniy o’n yoshga mas'ul» tamoyili asosida ishlar tashkil etilishi belgilab olindi.