Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QISQA VAQTDAGI KATTA O’ZGARISHLAR
2023-05-02 16:05:29 263
Oltiariq tumanida so’nggi yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha ishlar jadal tus olmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan mazkur yo’nalish bo’yicha tumanimizdagi 54 ta ob'ektlar uchun yetarli mablag’ ajratildi.
Ichki yo’llarni ta'mirlash bo’yicha 19 ta MFYlarda 90,8 km 1-sektorda 14,8 km - Tinchlik, Olmazor, Muqimiy, Yangixayot ko’chalari, 2-sektorda 28,7 km: Ko’lbo’yi, Usmonobod, Maorif, Beglar, Oq oltin, Uzumchi, Xo’jaqo’rg’on, Oltiariq, Navbahor ko’chalari, 3-sektorda 34,8 km: Gulobod, Sertut, Istiqlol ko’chalari, 4-sektorda 10,8 km: Ustoz, Yangiturmush, Shodiyona ko’chalarida asfaltlashtirish olib borilmoqda. Hozirga qadar 59,8 km asfalt qoplamasi yotqizildi.
Ichimlik suvi ta'minoti bo’yicha 29 ta ob'ektlardagi loyihalar moliyalashtirilgan bo’lib, ular 1-sektorda 13 ta MFY - Toshobod, Yoshlik, Beruniy, Povulg’on, Navoiy, Quvirboshi, Qapchug’ay, Do’stlik, Sharq, Yangichek, Guliston, Chinortagi, Obod mahallalari, 2-sektorda 8 ta MFY - Bozorboshi, Yuksalish, Yangiqo’rg’on, Bug’doychi, Bo’ston, Mirfozil, Maorif, Qo’mirchi mahallalari, 3-sektorda 5 ta MFY - Birlashgan, Gulobod, Jo’rak, G’ayrat mahallalari hamda 4-sektorda 3 ta MFY - Jarariq, Navqiron, Tegirmonboshi mahallalaridagi ko’chalarni o’z ichiga oladi.
Hozirda 29 ta MFY ob'ektlaridan barchasida ishlar boshlangan. 58 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi. 14 dona ichimlik suv quduqlari qazish va ta'mirlash ishlari yakunlandi. 14 ta suv minorasi o’rnatish va ta'mirlash ishlari yakunlandi. 19 dona ichimlik suv nasosi o’rnatildi. 4 km oqava suv tarmog’i tortildi. 14 dona ichimlik suv nasoslari uchun transformatorlar o’rnatildi. 7 dona ichimlik suv uchun bakteritsid uskunasi o’rnatildi.
Elektr energiyasi ta'minoti bo’yicha 1 ta ob'ekt 3-sektor hududida bo’lib, Chordara MFY Xamjihat ko’chasini elektr-energiya ta'minoti tarmog’ini ta'mirlash, 250 KVlik yangi trantsfarmator o’rnatish, elektr-energiya ta'minoti simlarini hamda mavjud simyog’ochlarni yangilash dasturiga mablag’ ajratilgan.
Hozirda 40 dona temirbeton tayanchlar o’rnatildi. 1 dona transformator o’rnatildi. 1.10 km tarmoq simlarini tortish ishlari olib borilmoqda.
Oqava suv ta'minotini yaxshilash bo’yicha 4 ta loyiha Oqbo’yra, Poloson, Azimobod va Zarxal MFYlar amalga oshirilishi belgilangan. Bu borada Oqbo’yra MFYda Katta Farg’ona kanaliga elektr nasos o’rnatildi, ariqlar qazildi, 706 metr polietilen quvurlar keltirildi. Poloson MFYda 550 metr ariqlar betonlashtirilib, bitta tik sug’orish qudug’i qurildi. Zarxal MFYda 2800 metr ariqlar qazilib, 2800 metr polietilen quvurlar keltirildi. Azimobod MFYda 1 400 km ariqlar qazilib, kanal yoqalari betonlashtirildi. 300 metr temir beton quvurlar o’rnatildi.
Bundan tashqari Prezidentimizning mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori asosida Toshkent mahalla fuqarolar yig’iniga yangi bino qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.