Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT FIDOYILARI

×

 2023-05-02 15:31:45    187

PDF yuklash
Chop etish


Har bir millat va elat o’z tarixini, madaniyatini va urf-odatlarini saqlab qolishni, o’rganishni hamda o’sib kelayotgan yosh avlodlarga yetkazishni xohlaydi. Bejizga muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev  “...Tarixiy merosni asrab avaylash, o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir”- deb ta'kidlamaganlar. Chindan ham o’z tarixidan kuch olmagan, ruhlanmagan xalq bo’lmasa kerak. Bu borada eng samarali va ta'sirchan vositalardan biri bu shubhasiz muzeylardir.

Bugungi kunga kelib muzeylarga bo’lgan e'tibor va talab yanada ortib bormoqda. Bu albatta muzeylarning ijtimoiy-ma'naviy vazifalari bilan bog’liq. O’zbekiston hududida mavjud muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalq ma'naviy-axloqiy kamolotida tutgan o’rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimizning boy tarixini, mustaqillik odimlarini aks ettiruvchi nodir eksponatlarni avaylab asrash, o’rganish, boyitib borish, namoyish etish va targ’ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g’urur va iftixorni, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini oshirish yo’lida keng foydalanish, ularni zamon talabiga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo’llashga zarur shart-sharoitlar yaratish ayni kun talabidir.

Shulardan kelib chiqib, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlar natijasida butun Respublika miqyosida muzeylar tizimini rivojlantirish, ularni zamon talablariga mos ravishda qayta ta'mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirib borilmoqda.

 Aynan shu islohotlar samarasi o’laroq bugungi kunda bizning Oltiariq  tumani Erkin Voxidov uy- muzeyida ham tumanimiz hokimi Shamsiddin Turdaliv hamda tuman prokurori Rustamjon Tillayevlarning tashabbuslari bilan muzeyimizning fasad qismida ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi, tumanimizda bir qancha ma'naviyat maskanlarinig

tashkil etilishi, mavjudlarida esa rekonstruktsiya ishlarini olib borilishi borasidagi xarakatlari hamda ma'naviyat va ma'rifat sohasiga bo’lgan e'tiborlari bizni g’oyat quvontirmoqda. Ayniqsa, Erkin Vohidovning farzandlari nomidan Xurshidbek aka adibning xotirasini abadiylashtirish bo’yicha Oltiariqda amalga oshirilayotgan ishlardan behad xursand ekanliklarini ta'kidladilar.

         Muzey xodimlari hamda ko’p sonli tashrif buyuruvchilar nomidan rahbarlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Tumanimiz ravnaqi uchun barcha sohada olib borayotgan ishlarida muvaffvqiyatlar tilaymiz!



Munojat Jo’rayeva

Erkin Voxidov uy- muzey

Mudirasi.