Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BIR YO’LA IKKITA G’ALABA
2023-05-02 15:24:13 256
2023 yil boshida Ochiq byudjet (open byudjet) loyihasining birinchi mavsusi bo’lib o’tdi. Ovoz berish jarayoni joriy yilning 18 mart sanasidan 7 aprel kuniga qadar davom etdi.
Tuman fuqarolari tomonidan kiritilgan 106 ta tashabbuslar loyiha sifatida ovozga qo’yildi. Yakunda dastlab 6 ta loyiha g’olib bo’lgan bo’lsa, Prezidentimizning tegishli qarori asosida 2000 ta dan ortiq ovoz to’plagan yana qo’shimcha 11 ta loyiha, jami bo’lib tuman bo’yicha 17 ta loyiha g’olib deb topildi.
Ushbu mavsumda qo’shaloq g’alabaga erishgan jamoalar ham borligi tahsinga loyiqdir. Jumladan, tumanning 2-Sektor xududida joylashgan Zarhal mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Olimjonov Ravshanbek tomonidan Kattaariq va Zarhal ko’chalarini 2 700 metr ichki yo’llarini ta'mirlash loyihasi uchun 8653 ta ovoz to’planib, tuman bo’yicha 5-o’rinda g’olib deb topildi.
Shuningdek, Zarhal mahallasi raisi Xasanboy Tadjiyev tomonidan ilgari surilgan Zarhal va Kattaariq ko’chalarining qolgan qismidan yana 2700 metr masofadagi ichki yo’llarni asfaltlashtirish loyiha uchun mahalla ahli 2 964 ta ovoz to’plab, tumanda 14- pog’ona bilan zafar quchdilar.
Natijada shu yilning o’zida Zarhal ichki ko’chalarining 5400 metr masofadagi ichki yo’llari tekkis va ravon asfalt qoplamasi bilan qoplanadi.
- Oldimizda hali tashabbusli byudjetning ikkinchi mavsumi hamda “Mening yo’lim” loyihalari turibdi. Biz ahil mahalladoshlarimiz bilan ushbu loyihalarda ham faol ishtirok etib, o’zimizning ichki muammolarimizni o’zimiz bartaraf etishga harakat qilamiz, -deydi mahaalala raisi Xasanboy Tojiyev.
Eslatib o’tamiz, Ochiq byudjet 2022 yilgi mavsumida ham ushbu mahalla ahli tumanda 1-o’rinni qo’lga kiritib, ichki yo’llarini asfaltlashtirishga erishgan edilar.