Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMANIDA QARZDOR ALIMENT O‘RNIGA UY BERDI
2023-04-12 18:00:15 243
Majburiy ijro byurosining Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Rishton tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor R.R.dan undiruvchi Z.R. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, qarzdor alimentdan bo‘lgan qarzlarini to‘lamay kelgan.
Kelishuvga asosan qarzdor R.R. farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uni 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullari o‘rniga Oltiariq tumani, “Poloson” MFY, Muqimiy ko‘chasida joylashgan xonadonni undiruvchi Z.R. nomiga notarius orqali rasmiylashtirib topshirdi va undiruvchi Z.R.ning arizasiga asosan ijro hujjati amalda tamomlandi.
MIB Oltiariq tuman bo‘limi