Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIXASI DOIRASIDA TUMANIMIZDA QO’SHIMCHA 11 TA TAKLIF MOLIYALASHTIRILADIGAN BO’LDI. 

×

 2023-04-11 11:56:32    193

PDF yuklash
Chop etish





Avvalroq, 7 aprel kuni e'lon qilingan “Tashabbusli byudjet” loyixasining ilk mavsumi yakuniga ko’ra, Oltiariq tumanidan “Tashabbusli byudjet” loyixasida umumiy qiymati 7,2 mlrd.so’m bo’lgan 6 ta taklif g’olib bo’lgan edi.

Kuni kecha Prezident qarori bilan, 2022 yilning fevral-mart oylarida davomida o’tkazilgan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini inobatga olgan xolda, xar biri 2 mingdan ortiq ovoz to’plagan, lekin g’olib deb topilmagan 1309 ta loyixani amalga oshirish uchun qo’shimcha ravishda respublika byudjetidan 1,3 trln.so’m mablag’ ajratildi. Xususan tumanimizdan xam yana qo’shimcha 11 ta loyixaga 12,6 mlrd.so’m mablag’ yo’naltirilishi ko’rsatib o’tildi.    

 Avvalroq, Oltiariq tumanida “Tashabbusli byudjet” loyixasida g’olib deb topilgan umumiy qiymati 7,2 mlrd.so’m bo’lgan 6 ta taklifga qo’shimcha ravishda 8,4 mlrd.so’m bo’lgan ichki yo’llarni ta'mirlash uchun 7 ta taklif, 2,250 mlrd.so’m bo’lgan umumta'lim maktablarini ta'mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish uchun 2 ta taklif, 800,0 mln.so’m bo’lgan sog’liqni saqlash muassasalarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari uchun 1 ta taklif xamda 1,2 mlrd.so’m bo’lgan ko’cha chiroqlarini o’rnatish yoki ta'mirlash (transformator, simyog’och o’rnatish) tadbirlari uchun 1 ta taklif moliyalashtiriladigan bo’ldi.