Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA MAZMUN-MOHIYATI
2023-04-01 18:14:45 257
Oltiariq tuman 1-sonli kasb-xunar maktabida tuman tayanch targ’ibot guruhining chora tadbirlar rejasiga muvofiq Sharq mahalla fuqarolar yig’ini aholisi uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o’tkazildi. Tadbirda tayanch targ’ibot guruxi raisi o’rinbosari U.Jomiyev, tayanch targ’ibot guruhi a'zosi U.Mamatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Raxmonaliyev, 1-sonli kasb-xunar maktabi direktori A. Boymatovlar so’zga chiqishib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning amaldagi Konstitutsiyadan farqi hamda unda fuqarolarning haq-huquqlari va majburiyatlari haqida tushuncha berdilar. Tadbirda targ’ibotchilar barchani 2023 yil 30 aprel kuni bo’lib o’tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.