Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2-KASB-XUNAR MAKTABIDA TARG’IBOT TADBIRI
2023-04-01 18:06:46 253
Oltiariq tuman 2-sonli kasb-xunar maktabida tuman tayanch targ’ibot guruhining chora tadbirlar rejasiga muvofiq Quvurboshi va Qapchug’ay mahalla fuqarolar yig’inlari aholisi uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyatini keng aholiga yetkazish maqsadida seminar o’tkazildi. Tadbirda tayanch targ’ibot guruxi raisi K.Parmonov, guruh rais o’rinbosari U.Jomiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Raxmonaliyev, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari hamda 150 dan ortiq aholi vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda so’zga chiqqan ma'ruzachilar yurtimizda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning amaldagi Konstitutsiyadan farqi, shuningdek, fuqarolarning haq-huquqlari va majburiyatlari haqida tushuncha berdilar. Tadbirda targ’ibotchilar barchani 2023 yil 30 aprel kuni bo’lib o’tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.