Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Tashabbusli byudjet” loyihasida g’olib bo’lgan takliflar moliyalashtirilib, ijrosi ta’minlanmoqda
2022-12-10 15:49:53 301
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan joriy yil 15 iyuldan 17 sentyabrga qadar tumanimizda “Tashabbusli budjet” loyihasining ikkinchi mavsumi yakunlandi xamda g’oliblar e’lon qilindi. Avvalroq “Ochiq byudjet” axborot portalidagi yo’l xaritalarga asosan, Oltiariq tumani bo’yicha fuqarolar tomonidan jo’natilgan 183 ta takliflardan umumiy qiymati 6.000 mlrd. so’m bo’lgan 5 ta loyixa g’olib deb topilgan edi. 2022 yil 25 oktyabr kungi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №409 sonli qarori bilan, 2022 yilning iyul-sentyabr oylarida davomida o’tkazilgan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini inobatga olgan xolda g’olib deb topilgan 1418 ta loyixaga qo’shimcha, xar biri 2 mingdan ortiq ovoz to’plagan, lekin g’olib deb topilmagan 364 ta loyixani amalga oshirish uchun qo’shimcha ravishda respublika byudjetidan 335.0 mlrd.so’m mablag’ ajratildi. Xususan tumanimizdan xam yana qo’shimcha 2 ta loyixaga 2.400 mlrd.so’m jami 7 ta loyixaga 8.400 mlrd.so’m mablag’ yo’naltirilishi ko’rsatib o’tildi.
Ovoz berish jarayonlarida Zarxal MFYdagi Zarxal-3 ichki ko’chalari va Kattaariq yo’llarining 3000 metr qismini asfaltlash uchun Axmadjon Axmadjonov tomonidan joylangan taklifga jami 6 182 ta ovoz berilib, g’olib deb topildi, bu tumanda eng yuqori ko’rsatkichni tashkil qildi.
Tuman bo’yicha 6 ta (7.200 mlrd.so’mlik) ichki yo’llarni ta’mirlash va 1 ta (1.200 mlrd.so’mlik) Bolalar maydonchalarini (o’yingohlarini) barpo etish yoki ta’mirlash bilan bog’liq tadbirlar yo’nalishdagi takliflar moliyaviy qo’llab-quvvatlanadigan bo’ldi.
Xozirgi kunda “Tashabbusli byudjet” loyixasining 2-bosqichida Oltiariq tumanidagi Zarxal MFYdagi Zarxal-3 va Kattaariq ko’chalari, Ko’mirchi MFYdagi Adolat va Buloqboshi ko’chalari xamda Do’stlik MFYdagi Do'stlik, Saddi Sheroziy, O'zbekiston hamda Mevazor ko'chalarni asfaltlash ishlari yakuniga yetkazildi.